Sanatoriy haqida
Sanatoriy haqida
Biz nimalarni taklif etamiz?
Sanatoriy dam oluvchilar uchun davolovchi va sog'lomlashtiruvchi muolajalar majmuasini taqdim etadi.
- kosmetologik kabinet
- balneologiya va fizioterapiya
- massaj kabinetlari
- lazerli protseduralar
- kontrast dushlar
- jakuzi
- fin saunasi va turk hamomi
Mineral suvlar bilan davolashdan tashqari, sanatoriyda klassik, zarba-to'lqinli, magnitli, quruq, suvli va gidromassaj kabi turli xil massajlar qo'llaniladi. Sanatoriyning zamonaviy diagnostika asboblari bilan ta'minlanganligi bemorlarni nafaqat tinch holatda, balki harakatdagi dinamik holatda ham tashxislash imkonini beradi. Tibbiy xizmatlar doirasini kengaytirish hamda davolanayotgan va dam oluvchilarning patologik holatlarini aniqroq tashxislash uchun sanatoriy shifokorlari shtatiga qo'shimcha ravishda 12 nafar tor yo'nalishdagi mutaxassislar jalb qilinadi. Tayanch-harakat tizimi kasalliklarida jarrohlik aralashuviga olib keladigan holatlarning oldini olish uchun sanatoriyda LFK, lazer-elektro va magnit terapiyalar bilan birgalikda suv osti skelet cho'zilishining noyob metodikalari qo'llaniladi.
Davolash metodikalarini rivojlantirish asosida noyob ishqor mineral suvlaridan foydalaniladigan klassik balneologiya yotadi. Shu sababli, sanatoriya hududida gidroprotsedura vannalari majmuasi — marvaridli, suv osti gidromassajli, shuningdek, skelet cho'zilmasi uchun suv osti vannalari mavjud. Mineral suvlarining shifobaxsh xususiyatlaridan kompleks foydalanish maqsadida, fizioterapevtik blokda inson organizmining yurak-qon tomir, asab, ovqat hazm qilish, ginekologik, tayanch-harakat, nafas olish va boshqa tizimlarini davolashning turli zamonaviy metodikalari qo'llaniladi. Davolash jarayonida organizm holatining to'liq kompleks diagnostikasi o'tkazilgach, har bir bemorning yoshini hisobga olgan holda, individual dasturli yondashuv metodikasi qo'llaniladi. Kasallik turiga qarab, bemorni davolashda Karloviy Vari va Baden-Baden davolash metodikalariga asoslangan, Respublika bosh fizioterapevti Usmanxodjayeva Adiba Amirsayidovna boshchiligidagi shifokorlar jamoasi tomonidan takomillashtirilgan 20 ta davolash dasturidan biri qo'llaniladi.