Tibbiyot Markazi
Narxlar ro'yxatiXizmatlarimiz
- Turli toifadagi xonalarda (lyuks, yarim lyuks va oilaviy apartamentlar) qulay yashash sharoitlari
- Restoran xizmati bilan individual tarzda tanlangan parhezli ovqatlanish
- Yetakchi tibbiyot markazlari va ixtisoslashtirilgan klinikalar ekspert shifokorlarini jalb qilish hamda qo'shimcha tekshiruvlar o'tkazish imkoniyati
- Jismoniy mashqlar va davolovchi badantarbiyaning mualliflik metodikalaridan foydalanish
- Bemorlar ustidan kecha-kunduz shifokor va hamshira kuzatuvi
Bo'lish muddati tanlangan dasturga qarab 3 kundan 18 kungacha.
Shu bilan birga, dam oluvchilarga taqdim etiladi:
- Rekreativ park zonasining noyob tabiiy landshafti
- Mineral suv
- Yuqori malakali xodimlar
- Zamonaviy diagnostika va davolash-reabilitatsiya uskunalari
- Har bir bemor uchun individual davolash dasturini tanlash
- Davolovchi shifokorning tor ixtisoslikdagi mutaxassislar bilan muvofiqlashtirilgan ishi
- Yuqori texnologiyali fiziobalsneoterapiya metodikalari
Bularning barchasi qisqa muddatlarda jismoniy faollikni tiklashga va stressga chidamlilikni oshirishga yordam beradi, dam oluvchilarning turli kasalliklari va holatlarida davolash, sog'lomlashtirish va reabilitatsiya qilishda sezilarli natijalarga erishish imkonini beradi.
Dam oluvchilar uchun qo‘shimcha xizmatlar: byuvet (Toshkent mineral suvi manbai), restoran, turk saunasi, fin saunasi, basseyn, sport maydonchalari (voleybol, basketbol, badminton), tennis korti, trenajyor va fitness zallari, kino-konsert zali, kutubxona, fito-bar, go‘zallik saloni, kosmetologiya kabineti, qo‘riqlanadigan avtoturargoh.
Davolash profili: remissiya bosqichidagi yurak-qon tomir tizimi kasalliklari, remissiya bosqichidagi nafas olish a’zolari kasalliklari, remissiya bosqichidagi oshqozon-ichak yo‘llari kasalliklari, asab tizimining funksional buzilishlari, remissiya bosqichidagi ayollar va erkaklar jinsiy a’zolari kasalliklari, remissiya bosqichidagi umurtqa pog‘onasi va bo‘g‘imlar kasalliklari, vaznni me’yorlashtirish, qomatni korreksiya qilish, sport yuklamalari va jarohatlardan keyingi tiklanish.