Tibbiyot Markazi
Narxlar ro'yxatiHiTop 2 sensorli
Gbo AG (Germaniya) ishlab chiqaruvchisidan yangi 2 kanalli fizioterapevtik biorrezonans terapiya qurilmasi. Davolovchi ta’sirga hujayra ichidagi reaksiyalar zanjirini ishga tushirish usuli orqali erishiladi. HiTop 2 touch terapiyasida qo‘llaniladigan yuqori chastotali elektr toklari hujayra ichidagi tebranishni ishga tushiradi, buning natijasida hujayralar ichidagi moddalar almashinuvi yaxshilanadi, yoshartirish va energiya ishlab chiqarilishi sodir bo‘ladi. HiTop 2 touch yuqori tonli terapiyasi yordamida organizmni umumiy sog‘lomlashtirishga, a’zolar va tizimlar yo‘qotgan funksiyalarni tiklashga erishish mumkin. Apparat xotirasida quyida keltirilgan kasalliklarni davolash va miotrenirovkalarni o‘tkazish uchun 80 dan ortiq dastur mavjud. Shuningdek, apparatda qo‘lda boshqarish rejimi ham mavjud bo‘lib, u mutaxassislarga individual dasturlarni qo‘shish imkonini beradi.
- Dermatologiya
- Nurlanishdan shikastlanishlar
- Neyrodermitlar
- Psoriaz
- Ginekologiya va urologiya
- Bachadon ichki pessariysi sababli og‘riq
- Dismenoreya
- Operatsiyadan keyingi ichak atoniyasi
- Stressli siydik tuta olmaslik
- Surunkali adneksit
- Surunkali sistit
- Surunkali sistopielit
- Surunkali sistopielonefrit
- Otorinolaringologiya
- Surunkali gaymorit
- Surunkali laringit
- Surunkali o‘rta quloq otiti
- Surunkali frontal sinusit
- Quloqlarda shovqin
- Ichki kasalliklar
- Arterial gipertoniya
- Arteriyalarning obliteratsiyalovchi kasalliklari
- Atonik qabziyat
- Bronxial astma
- Boldir sohasidagi gematomalar
- Diabetik angiopatiya
- Migren (oraliq davrda davolash)
- Migren va Bing-Xorton sindromi
- Obliteratsiyalovchi endangiit
- Podagrik artrit
- Travmadan keyingi shish
- Yotoq yaralari
- Trombozlar profilaktikasi
- Reyno sindromi
- Spastik qabziyat
- Yurak bilan bog‘liq funksional shikoyatlar
- Surunkali venoz yetishmovchilik
- Boldir yarasi
- Nevrologiya
- Amiotrofik lateral (yon) skleroz
- Uch shoxli nervning atipik nevralgiyasi
- Vazomotor xususiyatli bosh og‘riqlari
- Diabetik polinevropatiya
- Yelkadagi mushak og‘riqlari
- Tungi siydik tuta olmaslik
- Yuz mushaklari parezi
- Polinevropatiyalar
- Oftalmologiya
- Allergik kon’yunktivitlar
- Ortopediya
- Baker kistalari
- To‘piq bo‘g‘imi artrozi
- Bilak bo‘g‘imi artrozi
- Tizza bo‘g‘imi artrozi
- Yelka artrozi
- Axillodiniya, tovon suyagi apofizi kasalligi
- Bexterev kasalligi
- Ileosakral bo‘g‘im sohasidagi og‘riqlar
- Zudek distrofiyasi
- Koksartroz, son bo‘g‘imi artrozi
- Qiyshiq bo‘yin
- Miogeloz
- Umurtqa pog‘onasining bo‘yin va ko‘krak qismi mushaklarining tarangligi
- Osteoporoz
- Son bo‘g‘imi sinishi
- Yelka-kurak periarti
- Prepatellyar bursit
- Radikulit sindromi
- Tizza kosachasi tog‘ayining yumshashi
- Son bo‘g‘imi sohasidagi cho‘zilish
- Son bo‘g‘imi lat yeyishi
- Tizza kosachasi xondropatiyasi
- Radial epikondilit
- Radial (lateral) epikondilit
- Psixiatriya
- Depressiyalar
- Alkogolizmda abstinensiya sindromi
- Narkotik qaramlikda abstinensiya sindromi
- Qo‘rquv holatlari
- Fobiyalar
- Yuqorida sanab o‘tilganlardan tashqari:
- SimulFAM I
- SimulFAM X
- Vibromassaj
- Qiyshiq bo‘yin
- Vitalizatsiya
- Elektromassaj
- Yog‘ni yoqish
- Nerv blokadasi
- Yelka artrozi
- Og‘riq
- Uch shoxli nervning atipik nevralgiyasi