Sayt bo'ylab tez navigatsiya

Narxlar ro'yxati

Tibbiyot Markazi

Narxlar ro'yxati

Endomed 482 (elektroterapiya)

Rasmiy ishlab chiqaruvchi Enraf Nonius (Niderlandiya-Germaniya) tomonidan ishlab chiqarilgan yangi apparat elektroterapiya o‘tkazish uchun universal apparat hisoblanadi. Apparat 36 turdagi tok shakllarini qayta hosil qila oladigan ikkita mustaqil kanalga ega. Apparatda lokal va segmentar terapiya uchun bir vaqtning o‘zida turli tok shakllaridan foydalanish mumkin. Apparat xotirasida quyida ko‘rsatilgan kasalliklarni davolash va miotrenirovkalarni o‘tkazish uchun 42 ta dastur mavjud. Apparat Vactron 460 elektrodlarni vakuum yordamida qo‘yish apparati bilan birgalikda ishlash imkoniyatini ham nazarda tutadi. Shuningdek, apparatda mutaxassislarga individual dasturlarni qo‘shish imkonini beruvchi qo‘lda boshqarish rejimi ham mavjud

Elektroterapiya

  1. Og‘riqli TMJ
  2. TMJ sohasidagi buzilishlarda mushak og‘rig‘i
  3. MDB sindromi
  4. Impinjment sindromi
  5. Yelka-kurak periartiiti
  6. Ostki qirrali mushak zaifligi
  7. Epikondilit (tennis tirsagi sindromi)
  8. Epikondilit 2 (tennis tirsagi sindromi)
  9. Epikondilit 3 (tennis tirsagi sindromi)
  10. Jarohatdan keyingi qo‘l panjasi shishi
  11. Tizza osteoartritida kvadrisepsni mustahkamlash
  12. Tizza to‘liq artroplastikasida kvadrisepsni mustahkamlash
  13. OXS operatsiyasidan keyin kvadrisepsni mustahkamlash
  14. Tizza qopqog‘i bo‘limi harakatchanligini oshirish
  15. Patellofemoral og‘riq sindromi 1
  16. Patellofemoral og‘riq sindromi 2
  17. Patellofemoral og‘riq sindromi 3
  18. Tizza osteoartritidagi og‘riqlar 1
  19. Tizza osteoartritidagi og‘riqlar 2
  1. Yallig‘lanishdagi og‘riqlar
  2. Qovurg‘a sinishidan keyingi og‘riqni kamaytirish
  3. Belning pastki qismidagi o‘tkir og‘riq
  4. Belning pastki qismidagi o‘tkir og‘riq (2)
  5. Belning pastki qismidagi o‘tkir og‘riq (3)
  6. Belning pastki qismidagi surunkali og‘riqlar
  7. Yotoq yaralari (II va III bosqich)
  8. Yotoq yaralarining oldini olish
  9. Kvadriseps mushagi (TVN)
  10. Kvadriseps mushagi (IFT)
  11. Kvadriseps mushagi (TENS)
  12. Kvadriseps mushagi (II tur tolalari)
  13. Teri qon aylanishi
  14. Tizza osteoartritidagi og‘riqlar 3
  15. Tizza osteoartritidagi og‘riqlar 4
  16. Boldir tritsepsini mustahkamlash
  17. Almashinib keluvchi oqsoqlik
  18. Axill payining surunkali tendinopatiyasi
  19. Oyoqdagi surunkali yaralar
  20. Boldir mushagida qon aylanishi 1
  21. Boldir mushagida qon aylanishi 2
  22. Diabetiklarda qon aylanishi
  23. Limfa suyuqligi oqimi



Uskunalar katalogiga qaytish